OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etmoqda

 

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidan 20 dan ortiq professor-o'qituvchilar Birlashgan Arab Amirliklarining Sharjah shahri University of Sharjahda Tesol Conferences tashkiloti tomonidan 18-20 aprel kunlari boʻlib oʻtadigan konferensiyaning 29 yilligida o'z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda. 

 

 Ma’lumot uchun: 28 yildan ortiq vaqtdan beri TESOL Conferences xalqaro anjumani va ko'rgazmasi BAA va xalqaro ingliz tilini o'rgatuvchi mutaxassislarni qo'llab-quvvatlovchi rivojlanayotgan hamjamiyat uchun yillik tadbir bo'lib kelmoqda. 

 

Konferensiya 1000 ga yaqin delegatlarni jalb qilmoqda. Bu sohaga oid eng so’nggi yutuqlar, til o’qitishdagi yangi usullar borasida yetuk mutaxassislar o'z fikrlarini taklif qilishlari, tadqiqot va o'qitish tajribasini almashishlari, g'oyalar va amaliyotlar almashinuvi orqali global istiqbolni rivojlantirishlari mumkin bo'lgan platformani taqdim etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube