OʻzDJTU rektori Angren fakultetidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birga Angren fakultetida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarini koʻrib chiqdi.

Tashrif davomida rektor ta’lim muhitini yanada yaxshilash, o‘quv xonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, sport xonalari va majlislar zalini qurish hamda jihozlash, sanitariya-gigiyena xonalari va isitish tizimini takomillashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, u o‘quv xonalari, binoning tevaragi va umumiy hududlarni tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham e’tibor qaratdi.

Mazkur tashrif fakultetdagi infratuzilma ishlarini samarali tashkil etish va o‘quv jarayonini yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Shuningdek, rektor universitetning boshqa filiallarida sifatli ta’lim va qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha ilgari surilayotgan loyihalarni kuzatib borish va ularni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube