O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyatiga tashrif buyurib, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Yurtboshimiz viloyatdagi Eco shaharni ko'zdan kechirayotgan chog'da O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyent bilan uchrashib qoldi, u bilan suhbatlashib, kelajakdagi maqsadlari va rejalarini tingladi. 

Prezident maqsadlari yuksak bu abituriyentga oʻzini O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o'qishga grant asosida qabul qilingan deb hisoblayverishini aytib, harakatdan, o'qish-izlanishdan hech qachon to'xtamaslikka da'vat qildi.

 

 

 

 

 

 

12-iyul kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari  Farg'ona viloyatiga borib, universitetning yangi talabasiga maxsus sertifikat va esdalik sovg'alarini topshirdi. 

 

 

 

Rektor Madinaxon Soliyevaga kelgusidagi o'qish va ishlarida omadlar tilab, baland marralarni zabt etishdan tolmaslikni, faqat ilm olib, izlanib, yurtimiz nomini butun dunyoga tanitishdek yuksak sharafga musharraf bo'lishini tiladi.

 

 

 

 

2024-07-12 06-20

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi