O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20-sentyabrdagi 03-РА 211-2654/37-son topshirig'iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O'zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26 oktabr kunlari "Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini transformatsiya qilish, ta'lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Xorijiy davlatlardan konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan delegatsiyaga Toshkent shahridagi masʼul oliy taʼlim muassasalari xodimlari hamrohlik qilishi belgilangan bo'lib, O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham mazkur mas'ul shaxslar qatorida.
23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Renessans Hall majmuasida konferensiyaning birinchi kuni bo'lib o'tdi. Dastur avvalida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, YuNESCOning O'zbekistondagi doimiy vakili o'rinbosari Sara El Attar, Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Deniz Voddinghem so'zga chiqib, qutlov nutqini bayon etishdi.
So'ng vazir K.Sharipov ma'ruza va munozara jarayonlarini boshlab berdi. Dastur davomida Belarus Respublikasi ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari A.Baxanovich, O'zbekiston Milliy universiteti rektori I.Madjidov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi o'rinbosari S.Jabarov, Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universiteti rektori K.Karimov, Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi (CNRS) Tadqiqotlar bo'yicha direktori M.Jozef, Erasmus+ loyihasining O'zbekistondagi koordinatori A.Abduraxmonova, Padjadjaran universiteti rektori A.Kartasasmita turli mavzularda ma'ruza qilib, konferensiya ishtirokchilariga zarur va qimmatli ma'lumotlar taqdim etishdi.