Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida yaqinlashib kelayotgan qo‘shaloq bayram munosabati bilan talabalar holidan xabar olindi. Rektor oilasi, ota-onasi yoniga borishni rejalashtirayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, bayramni talabalar turar joyida o‘tkazish istagida bo‘lgan talabalar bilan ham muloqot qilinib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi va mazmunli, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlarini tiladi.

Bundan tashqari, rektor talabalar turar joylarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda talabalar uchun doimiy qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube