O‘zDJTU rektori yangi talabalar turar joyi qurilish jarayonini o‘rgandi

O‘zDJTU rektori yangi talabalar turar joyi qurilish jarayonini o‘rgandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning mas’ul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida qurilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ)da bo‘ldi.


Tashrif davomida yangi TTJning qurilish jarayoni, ishlarning amaldagi holati hamda talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Rektor qurilish sifati, ichki infratuzilma va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida va sifatli yakunlash, talabalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube