O‘zDJTU rektori yangi talabalar turar joyi qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning mas’ul rahbarlari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida qurilish ishlari olib borilayotgan hudud ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilishning bugungi holati hamda belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, qurilishning keyingi bosqichlarini jadallashtirish, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘z vaqtida tashkil etish, binoni zamonaviy talablarga mos jihozlash hamda ishlar sifatini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
2026-06-27 08-16