O‘zDJTU talabalar yotoqxonasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazild

2025-yil 10-sentabr kuni soat 20:00 dan 22:00 gacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar yotoqxonasi hududida Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar quyi tizimiga kiruvchi (FVDqT) tashkilotlar hamkorligida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi – yong‘in va boshqa favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda talabalarning o‘zini to‘g‘ri tutishi, evakuatsiya qoidalariga rioya qilishi, xavfsizlik choralarini bilishi hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda tezkor harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quv mashg‘ulotida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari talabalar bilan amaliy mashqlarni o‘tkazib, yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, birinchi yordam ko‘rsatish usullari va xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari ham ishtirok etib, mashg‘ulot jarayonini kuzatishdi.

Shuningdek, mashg‘ulot doirasida universitetning isitish tizimi va qozonxonalari ham mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ularning xavfsizlik talablariga mosligi va talabalarning xavfsiz sharoitda istiqomat qilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.

Mazkur mashg‘ulot talabalar uchun amaliy tajriba maktabiga aylandi hamda ularning favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish madaniyatini oshirishga xizmat qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube