11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uchun favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O. Jumaev ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish masalalarida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida yon’gin xavfsizligi, isitish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazi bilan bog‘liq zaharlanishning oldini olish yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, barcha talabalar yana bir bor hushyorlikka va mas’uliyatga chaqirildi.

   

    

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. U uchrashuvning talabalarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, bu kabi tadbirlar muntazam davom ettirilishini qayd etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube