O‘zDJTU talabalari yutuqlari e’tirof etildi

O‘zDJTU talabalari yutuqlari e’tirof etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi yig‘ilishi davomida xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili yo‘nalishi talabalari “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovida erishgan yutuqlari munosabati bilan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar:

 Gran-pri sohibi – Hamidullayeva Nafisa

 I o‘rin – Xamroeva Shahrizoda

 II o‘rin:
• Abdurahimova Munavvarxon
• Sadullayeva Shahrizoda
• Yendibayeva Go‘zal

 III o‘rin – Satkulova Ulday

Shuningdek, Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Usmonov Otabek Muzaffarovich “Mirzo Ulug‘bek vorislari – 2026” respublika tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgani munosabati bilan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida Otabek Usmonov “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 8 million 240 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgani alohida e’tirof etildi.

Universitet jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube