O‘zDJTU UI GreenMetric 2025 sertifikatini qabul qildi

2025-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga UI GreenMetric World University Rankings 2025 sertifikati yetib keldi. Sertifikat universitetning ekologik barqarorlik va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha erishgan yutuqlarini tasdiqlaydi.

Sertifikat Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov va Xalqaro bo‘lim xodimlari tomonidan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovga topshirildi. Xalqaro bo‘lim ushbu yutuqqa erishda yaqindan yordam bergani va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Rektor mazkur yutuq butun universitetning yutug’i ekanligini ta’kidlab, universitet jamoasiga va Xalqaro bo‘lim xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube