2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziyaning Gunadarma universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi tinglovchilarining bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir qo‘shma dastur doirasida amalga oshirilgan o‘quv jarayonlarining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etildi.

Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov  tinglovchilarni qo‘shma malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklab Indoneziyaning Gunadarma universitetida olingan bilim va amaliy tajribalarni kelgusida kasbiy faoliyatda hamda ilmiy izlanishlarda samarali qo‘llash muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, professor Ilxomjon Tuxtasinov sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni ta’lim jarayonida joriy etish, ularni hamkasblar bilan bo‘lishish va pedagogik amaliyotga keng tatbiq etish zarurligiga e’tibor qaratdi. Ushbu yondashuv ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlarni keng yoyish hamda zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube