O‘zDJTUda bitiruvchilar bandligini ta’minlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi

O‘zDJTUda bitiruvchilar bandligini ta’minlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Memorandumlarni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muhammadjon Chutpulatov, “Kafolat sug‘urta” AJ hamda ALIF UZ CORP (MCHJ “ELITE SUPPORT SOLUTIONS ESS”) vakillari imzoladilar.

Imzolangan memorandumlar doirasida talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda stajirovkalarni tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida muntazam axborot almashish, karyera rivoji va kasbiy kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan seminar, trening va forumlar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga puxta tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur memorandumlar universitet, ish beruvchi tashkilotlar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malaka va ko‘nikmalarni egallashiga, ularning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashiga xizmat qiladi. Bu esa O‘zDJTUda ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi izchil ishlarning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube