O‘zDJTUda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Universitet talabalari uchun tashkil etilgan tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va qonuniylikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladi.
Uchrashuvda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Dilmurod Mirsadiqov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxodir Xaqnazarov va podpolkovnik Abdurashid Ochilov ishtirok etdi.
Mehmonlar mavzu yuzasidan talabalarga batafsil tushunchalar berib, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutasaddilardan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida mavzuga oid videorolik ham namoyish etildi.
Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat huquqiy bilim manbai, balki ularni jamiyatda faol, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat ruhida yashashga undovchi muhim dars bo‘ldi.