O‘zDJTUda jurnalistlar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha trening boshlandi

 

2025-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida “O‘zbek jurnalistlarining mediasavodxonlik salohiyatini oshirish” mavzusidagi ikki kunlik trening o‘z ishini boshladi.

 

Trening UNESCO va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida, O‘zDJTU hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

 

Tadbirda 20 nafardan ortiq jurnalist, bloger va jurnalistika sohasidagi tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

Trening mashg‘ulotlari quyidagi mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda:
Nozima Toshpo‘latova – jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari
Artur Kan – “O‘zbekiston Matbuoti” jurnali bosh muharriri
Annette Obolensky – UNESCO maslahatchisi
Gulnora Babadjanova – JQTM direktori
Ekspert: f.f.d., professor Yoquxton Mamatova (O‘zMU)

 Treningning birinchi kuni davomida media va axborot savodxonligi asoslari, tanqidiy fikrlash, OAV materiallarini tayyorlashda axloqiy va gender yondashuvlar, shuningdek, onlayn manbalardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.\

 

 

Tadbir ertaga, 20-iyun kuni ham davom etadi va ishtirokchilarga mediasavodxonlikning huquqiy asoslari, soxta axborotlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tajriba, shuningdek, yakuniy baholash va tahlillar taqdim etiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube