O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi
16-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.
Muhokama davomida Mamajonova Muxayyo Maxamadjon qizining “Fransuz va o‘zbek badiiy asarlarida muomala madaniyatining lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi keng jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tadbir jarayonida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokama ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga izlanuvchi tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi hamda ilmiy ish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ilgari surildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishining ilmiy qiymati e’tirof etilib, uning mazmuni va natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar qabul qilindi.
2026-06-17 12-50