O‘zDJTUda rektor va ota-onalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19-dekabr kuni universitetda talabalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, tarbiyasi va ijtimoiy-psixologik holatini muhokama qilishga bag‘ishlangan rektor va ota-onalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarning ota-onalari ham faol ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev so‘zga chiqdi. Tadbir davomida universitet faoliyati, talabalarning bilim va tarbiyasini yanada rivojlantirish, shuningdek, ularning psixologik va huquqiy himoyasi masalalari muhokama qilindi.
Ota-onalar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sessiyada ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida o‘quv va tashkiliy ishlarda faol ishtirok etgan talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.