27-fevral kuni O‘zDJTUda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni, 3 karra Osiyo va Jahon chempioni, professional bokschi Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari hamda yuzlab talabalar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv talaba-yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi.

 

Tadbir davomida:
 Bahodir Jalolov har bir g‘alabasiga erishish yo‘lidagi mashaqqatlar, fidokorona mehnat va sabr-bardosh haqida batafsil so‘zlab berdi.
 O‘zining ulkan natijalari va xalqaro maydondagi yutuqlari ortidagi sirlarni ochib berdi.
 Kelajakdagi rejalari va ulkan maqsadlari bilan yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi.
 Talabalar bevosita muloqot qilib, qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sport va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida qimmatli tavsiyalar berildi.

 

 

Tadbir ishtirokchilari buyuk g‘alabalar ortida turgan mashaqqatli mehnat va qat’iyatni his etdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuv so‘nggida universitet tomonidan Bahodir Jalolovga esdalik sovg‘asi taqdim etildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov chempionga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube