O‘zDJTUda yangi tuzilgan Ilmiy kengash va Ilmiy seminar a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi tuzilgan Ilmiy kengash hamda Ilmiy seminar a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini yuksaltirish, dissertatsiyalar ekspertizasida xolislik va shaffoflikni ta’minlash hamda ilmiy kengashlar oldida turgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ilmiy daraja izlanuvchilarining dissertatsiya ishlari sifati, ilmiy rahbarlarning mas’uliyati, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy natijalarni nufuzli ilmiy nashrlarda chop etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yangi tuzilgan Ilmiy kengash va Ilmiy seminar a’zolarining kelgusidagi faoliyatiga doir ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda ularga samarali faoliyat tilandi.
