9-sentabr kuni O‘zDJTUga Avstriyalik shoir va yozuvchi Markus Kyule tashrif buyurdi.
Avstriya Respublikasi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif davomida mehmon bilan Universitet Axborot-resurs markazi direktori Kayumova Saida Irgashevna bilan uchrashuv tashkil etildi.
S.Kayumova universitet Axborot-resurs markazi va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida Markus Kyulega so‘zlab berdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida 9-10-sentyabr kunlari Axborot-resurs markazida Markus Kyule ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Ijodiy kechada shoir va yozuvchi Markus Kyule universitet nemis tili professor-o‘qituvchilariga va talabalariga o‘z qalamiga mansub vatan, tabiat va yaxshilik mavzularida she’r hamda romanlaridan parchalar o‘qib berdi. Ijodiy kechalar sermazmun o‘tdi.