Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
13-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Nuritdinova Saodat Gaybullayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Improving the technology of applying differentiated instruction in teaching English to philology students” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ilxomjon Tuxtasinov, dissertatsiyaning ilmiy rahbari hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.
Himoya jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya muallifi berilgan savollarga javob berib, tadqiqotning asosiy natijalarini batafsil yoritib berdi.
Himoya yakunida dissertatsiya ishi Ilmiy kengash a’zolari tomonidan belgilangan tartibda baholandi.
2026-08-14 09-22