Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

21 yanvar kuni pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Ilmiy kengash majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Shuningdek, dissertatsiya himoyasida rasmiy opponentlar qatnashib, tadqiqot yuzasidan o‘z ilmiy xulosalari va savollarini bildirdilar.

Mazkur majlisda Qodirova Gavhar Alisher qizining 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va xulosalari atroflicha muhokama qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan olib borilgan muhokamalar yakunida dissertatsiya ishiga ijobiy baho berildi va Qodirova Gavhar Alisher qiziga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish masalasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube