PhD dissertatsiyasi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
8-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tadqiqotchi Tuychiyev Sobir Abdusodiqovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Fransuz va o‘zbek tillarida AKT terminlarining struktur-semantik va funksional xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida tadqiqotchi tomonidan dissertatsiyaning asosiy mazmuni, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan taqdimot qilindi. Ishtirokchilar tomonidan tadqiqot natijalari muhokama etilib, mavzu bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.