Prezident Murojaatnomasi mazmuni fakultetlarda tushuntirilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tizimli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Xalqaro jurnalistika fakultetida dekan A. Matyakubov boshchiligida Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Murojaatnomada aks etgan iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ilm-fan, raqamlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muvozanat hamda inson kapitalini rivojlantirishga oid ustuvor yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.

Seminar davomida taqdimot asosida belgilangan vazifalarning oliy ta’lim tizimi, jumladan universitet va fakultetlar faoliyatidagi amaliy ijrosi muhokama etildi. Professor-o‘qituvchilar Murojaatnomada ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube