Prezident Murojaatnomasi mazmuni fakultetlarda tushuntirilmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tizimli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Ingliz tili 3- fakultetida dekan I. T. Xaydarov boshchiligida Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Murojaatnomada aks etgan iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ilm-fan, raqamlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muvozanat hamda inson kapitalini rivojlantirishga oid ustuvor yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
Seminar davomidai Professor-o‘qituvchilar Murojaatnomada ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.