“Rektor kubogi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Yoshlar kuni munosabati bilan “Rektor kubogi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-qizlari o‘rtasida sportning futbol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ushbu bellashuvlarda talaba-qizlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda, shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Elbek Ochilov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Xamdamov ishtirok etdi.
Sport bellashuvlari talaba-qizlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda sport orqali jamoaviylik va do‘stona raqobat muhitini mustahkamlashga qaratilgan mazmunli tadbir sifatida tashkil etildi.