Roman-german filologiyasi fakulteti talabalariga xalqaro dasturlar yuzasidan ma’lumot berildi

17-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari hamda EUROGATE LLC kompaniyasi vakillari — Sanjar Mustafakulov va Furqat G‘afurov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet Xalqaro bo‘limi xodimi V. Amanov, Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedralari mudirlari Yu. Ismailov va I. Ziyadullayev, shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida kompaniya vakillari tomonidan talabalarga Work & Travel dasturi doirasida Germaniyada yozgi va qishki ta’til davrida rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Ferienjob dasturi, Niderlandiya, Bolgariya, Finlyandiya, Daniya, Fransiya hamda Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarida grant va stipendiyalar asosida ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube