Rus filologiyasi fakulteti birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi o‘quv yilida talabalik safiga qo‘shilgan Rus filologiyasi fakulteti birinchi kurs talabalari bilan rektor Ilxomjon Tuxtasinovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari hamda fakultet dekani Azizxon Raxmonov ishtirok etib, talabalarning savollariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha javob berdilar.

 Rektor Ilxomjon Tuxtasinov nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik dasturlari hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talabalarni faol bo‘lishga, tashabbus ko‘rsatishga va doimiy izlanishda bo‘lishga undadi.

 

 

 Ma’lumot uchun:
2025–2026 o‘quv yilida Rus filologiyasi fakultetiga:
• Kunduzgi ta’lim shakliga — 293 nafar,
• Kechki ta’lim shakliga — 153 nafar talaba qabul qilindi.

Umumiy hisobda 446 nafar birinchi kurs talabasi o‘qishni boshladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube