Rus filologiyasi fakultetida tyutorlarning yarim yillik hisobotlari qabul qilindi
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet dekani va dekan o‘rinbosarlari ishtirokida, tyutorlar bilan savol-javob va ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.

Muloqot davomida tyutorlarning yarim yillik faoliyati, talabalar bilan olib borilgan ijtimoiy-ma’naviy va tarbiyaviy ishlar, o‘quv jarayonidagi ishtiroki, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, hisobotlarni tayyorlash jarayonida 656-son qarorda belgilangan vazifalar, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur uchrashuv tyutorlar faoliyatini chuqur tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash, mas’uliyatni oshirish hamda kelgusida tyutorlik faoliyatini samarali va tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.
