O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Siyosat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi va O’zDJTU, Siyosiy fanlar kafedrasi o’qituvchi-stajyori Mohidil Nizamova boshchiligidagi “Yosh siyosatshunos liderlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan jami 6 ta (O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti) talabalari respublika bosqichida bellashdilar.