Sportchi qizlar salomatligi nazoratdan o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari doirasida ishtirokchilar uchun zarur sharoitlar yaratish ishlari izchil davom etmoqda.

 

 

Musobaqa qatnashchisi bo‘lgan sportchi qizlarning salomatligini ta’minlash maqsadida ular uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik davomida sportchilarning umumiy sog‘ligi, jismoniy holati hamda musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorgarlik darajasi baholandi.

Mazkur tibbiy nazorat sportchi qizlarning musobaqalarda xavfsiz va samarali ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube