Talaba-qizlar bilan psixologik suhbat tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Bannopova bilan hamkorlikda 3–4-talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar holidan xabar olindi.

Tashrifdan maqsad talaba-qizlar bilan samimiy muloqot olib borish, hayotiy qiyinchiliklarni yengish, to‘g‘ri maqsad qo‘yish, hayotning qadrini anglash hamda qiyin vaziyatlarda psixologik yordamga murojaat qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida, ayniqsa, yakuniy nazorat jarayonlarida yuzaga keladigan turli xil xavotir va ruhiy bosimlarni kamaytirish, talaba-qizlarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.