Talabalar bilan bir kecha: Rektor 3-TTJda

27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida 3-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. U yerda talabalar bilan bevosita uchrashuv o‘tkazilib, samimiy suhbatlar tashkil etildi.

 

 

Uchrashuv davomida talabalar kundalik muammolari, ehtiyojlari hamda yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Rektor talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi hamda joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgilab oldi.

Muhim jihat: rektor bir kecha TTJda qolib, talabalar kundalik hayoti va ehtiyojlarini yanada yaqindan o‘rgandi. Ushbu tashabbus talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash va ular bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Shuningdek, san’at va sportga qiziqadigan talabalar bilan ham samimiy suhbat o‘tkazilib, ular o‘z ijodiy ishlari va yutuqlarini namoyish etdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube