Talabalar bilan sog‘lom turmush sari muhim qadam

Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda kunni tetik va yuqori kayfiyatda boshlashga undadi.

 

 

Mashg‘ulotlar davomida talabalar va rahbariyat vakillari bir safda turib mashqlarni bajarib, samimiy va ochiq muloqot olib borishdi. Bu jarayon talabalar bilan yaqindan tanishish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini tinglash uchun muhim imkoniyat yaratdi. Natijada jamoaviy muhit yanada mustahkamlanib, talabalar va rahbariyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda hurmat yanada kuchaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida rektor talabalar turar joyida bir kun davomida bo‘lib, yoshlarning kundalik hayoti, yashash sharoitlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar bilan bevosita tanishdi va ular bilan birga tunab qoldi.

Ushbu tashabbus talabalar hayotiga yaqinlashish, ularning ehtiyoj va takliflarini joyida o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube