Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — doimiy e’tiborda!

Bugun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov 2-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganliklarini o‘rganish maqsadida ular bilan yaqindan suhbatlashdi. Samimiy muloqot davomida talabalar o‘z qiziqishlari, sevimli mashg‘ulotlari va bo‘sh vaqtlarini qanday mazmunli tashkil etayotgani haqida fikr almashdilar.

Tashrif davomida rektor talabalar bilan birgalikda musiqa asboblarini chalib, rasm chizish jarayonlarida ishtirok etdi. Shuningdek, shaxmat-shashka va turli sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan bellashuvlar ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 Bu kabi uchrashuvlar talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube