Talabalar ijara xonadonlarida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Talabalar ijara xonadonlarida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

​Talabalarning yashash sharoitlarini o'rganish va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida amaliy tashriflar izchil davom ettirilmoqda.Bugun universitet profilaktika inspektori Sanjar Sherboyev hamda tyutor M. Abdullayeva Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi talabalarning ijara xonadonlarida bo'lishdi.

​Tashrif davomida mas'ullar talabalarga yaratilgan yashash va dars qilish sharoitlarini ko'zdan kechirishdi. Talabalar bilan suhbat o'tkazilib, ​kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklar ko'zdan kechirildi.

Gaz va elektr uskunalaridan to'g'ri hamda xavfsiz foydalanish, is gazi va yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi.
Tungi vaqtlarda jamoat tartibiga rioya qilish va turli ko'ngilsiz holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

​Bu kabi profilaktik tadbirlar talabalarning xavfsizligini taçminlash va ularga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida muntazam ravishda o'tkazib boriladi.



 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube