19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyiga Toshkent shahri, Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, Uchtepa tumani prokurori Saidkarim Muxtarov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) boshlig‘i Akmal Bahramov tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida turar joyning xonalari holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va xavfsizlik choralari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
Tashrif davomida rasmiylar talabalar turar joyining isitish tizimi, xavfsizlik tizimi va sanitariya holatini atroflicha o‘rganib, talabalar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, yangi yil bayramini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi, turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish choralari muhokama qilindi. Tashrifning asosiy maqsadi talabalar yashash sharoitini yaxshilash va xavfsiz muhitni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.