Talabalar yashash sharoiti o‘rganildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Uchtepa tumanida yashovchi talabalar holidan xabar olish maqsadida bir nechta xonadonlarga bordi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoiti, xonadonlarda ular uchun yaratib berilgan imkoniyatlar hamda isitish tizimi o‘rganilib, talabalar hamda xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, is gazi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar duch kelayotgan muammolar tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Talabalarning turar joydagi sharoitlari o‘rganilib, xavfsizlik choralariga oid tushuntirishlar berildi hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi.