TARJIMONLIK FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

TARJIMONLIK FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida talaba-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad talabalarning murojaatlarini o‘rganish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida talabalar ta’lim jarayoni, fakultetdagi imkoniyatlar, talabalik hayoti va boshqa masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar. Rektor talabalar murojaatlarini tinglab, ularning savollariga javob berdi.

Shuningdek, fakultet dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev talabalarning ta’lim, ilmiy va ijodiy faoliyatdagi ishtiroki hamda fakultet hayotida faol bo‘lishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube