UN Volunteers va AIESEC dasturlari taqdimoti o‘tkazildi

UN Volunteers va AIESEC dasturlari taqdimoti o‘tkazildi

18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tyutorlar va talabalar uchun UN Volunteers (BMT volontyorlari) hamda AIESEC xalqaro dasturlarining imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va bo‘lim yetakchi mutaxassisi K. Alimova mazkur dasturlarning mazmun-mohiyati, ularda ishtirok etish shartlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.

Taqdimot davomida UN Volunteers va AIESEC dasturlari orqali xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish, liderlik salohiyatini oshirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ushbu dasturlarda ishtirok etish talabalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularni xalqaro mehnat bozori talablariga mos kadr sifatida shakllantirish hamda universitetning xalqaro nufuzini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube