24-fevral kuni Ingliz tili 3-fakulteti iqtidorli talabasi Adhamova Mohlaroy tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ishtirokida buyuk shoir Aleksandr Faynberg ijodini keng targ‘ib etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir ingliz tilida olib borildi va Faynberg ijodini turli tillarda targ‘ib qilish, uning adabiy merosini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadini ko‘zladi. Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun qiziqarli savol-javoblar, interaktiv o‘yinlar hamda adabiy muhokamalar tashkil etildi.
Tadbir talabalar bilimini mustahkamlash, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.