“Universiada” sport musobaqalari g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi

30-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

 

 

“Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Odamlarni dori bilan emas, jismoniy faollik bilan davolash kerak” degan tamoyil “Universiada” sport musobaqalarida ham o‘z ifodasini topdi,” — dedi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqida.

Musobaqalar 17 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilib, hududiy bosqichlarda 43 470 nafar, final bosqichlarda esa 3 052 nafar talaba, jumladan 1 027 nafar qizlar ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida:
 1-o‘rin — Toshkent viloyati jamoasi
 2-o‘rin — Buxoro viloyati jamoasi
 3-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi

Alohida faxr bilan ta’kidlash joizki, Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Universiada” sport musobaqalarining mutlaq g‘olibi sifatida ajralib turdi.

Universitet jamoasi yuksak sport natijalari evaziga “Prezident sovg‘asi” bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Bu g‘alaba nafaqat universitet jamoasining fidokorona mehnatining mahsuli, balki sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdagi muhim qadam bo‘ldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube