Universitet Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi.
Yig‘ilishda universitetning talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi O. Zikirov, Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Yoqubjon Ahmedov, fakultet dekan muovinlari, tutyorlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari, psixologlar, profilaktika inspektorlari, universitet Yoshlar ittifoqi a’zolari, “Qalqon” jamoasi, tarbiyachi-pedagoglar va universitet tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida talabalarning ma’naviy va ijtimoiy muhitini yanada yaxshilash, ularning turar joy sharoitlari va xavfsizligi, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi. Talabalarning ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.