UNIVERSITET OSHXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

UNIVERSITET OSHXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, xususan, ularni sifatli va xavfsiz ovqatlanish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida universitetning mazkur hududdagi talabalar oshxonasi faoliyati va unda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida oshxonadagi sanitariya-gigiyena holati, taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, oshxona jihozlarining holati hamda talabalar uchun yaratilgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullarga oshxonada sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish, taomlar sifatini nazorat qilish, talabalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube