Universitet rahbariyati 2-TTJda talabalar holidan xabar oldi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va rahbariyat vakillari 1-Talabalar turar joyiga borib, yashash sharoitlari, jumladan, isitish tizimi va boshqa muhim jihatlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
TTJdagi sharoitlar doimiy nazoratga olinib, talabalar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.