Universitetda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda

Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida yana bir italiyalik mutaxassis o‘z faoliyatini boshladi.

Giulia Bongioni bakalavr darajasini universitetimizning hamkor oliy ta’lim muassasasi — Bergamo davlat universitetida, magistratura bosqichini esa Finlandiyaning Helsinki universitetida tamomlagan. Hozirda u italyan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti”, “Til sertifikatlariga tayyorlash amaliyoti” kabi fanlardan saboq bermoqda.

Mazkur xorijiy mutaxassisning ta’lim jarayoniga jalb etilishi talabalarga italyan tilini ona tili darajasida egallash, madaniy va akademik muhit bilan yaqindan tanishish hamda kasbiy tayyorgarliklarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube