Universitetlararo magistr talabalarning ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti, Magistratura bo‘limi hamda Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi hamkorligida “Language and Literature: Unveiling Connections and Expanding Horizons – III” mavzusidagi universitetlararo magistr talabalarning ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti, 201-sonli konferensiyalar zalida o‘tkazildi. Anjumanda magistr talabalari tilshunoslik, adabiyotshunoslik hamda xorijiy til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalarini taqdim etdilar. Har bir ma’ruza qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va tadbir ishtirokchilari tomonidan faol muhokama qilindi.
Shuningdek, anjuman davomida talabalarning ilmiy fikrlash ko‘nikmalari mustahkamlandi, zamonaviy ilmiy izlanishlar uchun yangi g‘oyalar va metodologik yondashuvlar muhokama qilindi. Ishtirokchilarning bildirilgan fikrlar, mulohazalar va takliflar kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, magistr talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda til va adabiyot sohalarida yangi nazariy va amaliy g‘oyalarni o‘rganish uchun platforma vazifasini o‘tagan muhim ilmiy tadbir bo‘ldi.