Urganch RANCH Texnologiya Universitetida malaka oshirish kurslarining yakuniy modullari o‘tkazildi

 Urganch RANCH Texnologiya Universitetida malaka oshirish kurslarining yakuniy modullari o‘tkazildi

O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslari Xorazm viloyatidagi Urganch RANCH Texnologiya Universiteti bazasida izchil davom etmoqda.
Kurslarning yakuniy bosqichida mashg‘ulotlar f.f.d (DSc), professor Daliyeva Madina Xabibullayevna hamda f.f.f.d. (PhD), dotsent Adilova Shaxnoza Raximovna tomonidan olib borildi.

Ular tinglovchilar uchun o‘quv dasturining so‘nggi modullari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etib, zamonaviy ta’limning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mashg‘ulotlar davomida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida barcha talabalar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, tilshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasidagi zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, pedagogik faoliyatda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha yoritildi.

Interfaol usullar, amaliy topshiriqlar va kasbiy tajriba almashishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim jarayoniga oid ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qildi.

Kurslarning yakuniy modullari professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube