Vatan himoyachilariga hurmat - yoshlardan e’tibor!

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moddiy-texnik ta’minot markaziy bazasiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

 

 

Mazkur tashrif yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatga bo‘lgan hurmatni oshirish hamda milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.

Tashrif davomida podpolkovnik Mansurov Sodiqjon Qahramonovich va mayor Mo‘minov Ruslan Nasirovich tomonidan talabalarga Vatanga sadoqat, harbiy burch, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda harbiy xizmatchilarning muhim o‘rni haqida mazmunli va tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari - J. Achildiev, B. Axmedov va M. Allamova boshchiligida tashkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube