“Vazir kubogi” – tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tantanali tarzda ochib berdi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, vazirlik mas’ul xodimlari, sport sohasi vakillari, ishtirokchi jamoalar, mehmonlar hamda malakali hakamlar ishtirok etdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Xurshid Eshov, Toshkent shahar chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori Mahmud Xolmatov hamda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov so‘zga chiqib, musobaqaning ahamiyati va yoshlar sportidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va vazirlik mas’ul xodimi Xurshid Eshov ishtirokida musobaqaga ramziy start berildi va o‘yinlar boshlandi.

Musobaqaning ilk uchrashuvlari murosasiz va yuqori ruhda kechdi.